Talaba onlayn-festival gʻolibi boʻldi

10:13 03 Iyun 2020 Madaniyat
841 0

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti talabasi, koʻplab nufuzli tanlov va festivallar gʻolibi, oʻtgan yilgi “Nihol” mukofoti sohibi Adilbek Baxtiboyev yana bir xalqaro tadbir hayʼati tomonidan eʼtirof etildi.

Gap shundaki, u shu yil 22-maydan 2-iyungacha oʻtkazilgan xalqaro koʻp janrli onlayn festivalda gʻolib deb topildi. A.Baxtiboyev ushbu festivalda vokal, folklor, solo yoʻnalishi boʻyicha ishtirok etib, «Yedigey» dostonini jirovchilik yoʻlida mahorat bilan ijro etdi.

Hidoyat AHMEDOV.,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер