Tayyor mebel mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlar qoʻllab-quvvatlanadi
Foto: Arxiv surat
“Mebel mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilishni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–51-son, 10.02.2023-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2023-yil 1-fevraldan 2024-yil 1-yanvargacha:
— tayyor mebel mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlarga xorijdagi ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish xarajatlarining bir qismini qoplab berishda mazkur noturar joylar maydoniga qoʻyilgan meʼyor 100 kvadrat metrdan 250 kvadrat metrga oshiriladi;
— yillik tushumida tayyor mebel mahsulotlari eksportidan tushum ulushi kamida 30 foizni tashkil qiladigan mahalliy korxonalar tomonidan injener-texnolog, lak va boʻyoq sepish ustasi, dizayner kabi xorijiy mutaxassislar jalb qilinganda, ular ish haqining 25 foizi, biroq mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 9 barobaridan koʻp boʻlmagan qismi qoplab beriladi.
2023-yil 1-fevraldan 2024-yil 1-yanvargacha tegishli mebel ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo, ehtiyot qismlar, furnitura va aksessuarlar importida bojxona bojining nol stavkasi qoʻllaniladi.
Shuningdek, Prezident qarorida nazarda tutilgan xomashyo, ehtiyot qismlar, furnitura va aksessuarlarni Oʻzbekistonga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qoʻllanilishi 2024-yil 1-yanvargacha uzaytirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring