Tayvan mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda davom etishini qatʼiy bildirdi
Illyustrativ foto
Tayvan mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda va xorijiy davlatlardan qurol sotib olishda davom etadi. Bu fikrlarni orol maʼmuriyati rahbari Lay Sinde aytib oʻtdi.
Manbaga koʻra, Lay Sinde seshanba kuni orolning sobiq maʼmuriyati rahbari Say Invenning «orolning mudofaa qobiliyatini mustaqil ravishda mustahkamlash, shuningdek, xorijiy davlatlardan harbiy xaridlarni amalga oshirish» siyosatiga qatʼiy rioya qilishini aytgan.
Pekin Tayvanni Xitoyning ajralmas qismi, deb hisoblaydi va «yagona Xitoy» tamoyiliga amal qilish mamlakat bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatish yoki davom ettirish istagida boʻlgan boshqa davlatlar uchun zaruriy shart, deb biladi.
«Yagona Xitoy» tamoyili va Tayvan mustaqilligini tan olmaslik AQSH tomonidan Taypey bilan turli sohalarda yaqin aloqada boʻlib, orolni qurol-yarogʻ bilan taʼminlayotganiga qaramay ham kuzatilmoqda.
Tayvan atrofidagi vaziyat 2022-yil avgust oyi boshida AQSH Kongressi Vakillar palatasining oʻsha paytdagi spikeri Nensi Pelosi orolga tashrif buyurganidan keyin sezilarli darajada yomonlashdi. Orolni oʻz provinsiyalaridan biri deb bilgan Xitoy Pelosining tashrifini AQSHning Tayvan separatizmini qoʻllab-quvvatlashi sifatida qoraladi va orol atrofida keng koʻlamli harbiy mashgʻulotlar oʻtkazdi.
Xitoy markaziy hukumati va uning orol provinsiyasi oʻrtasidagi rasmiy aloqalar 1949-yilda Xitoy Kommunistik partiyasi bilan boʻlgan fuqarolar urushida magʻlubiyatga uchragan Chan Kayshi boshchiligidagi qoʻshinlar Tayvanga koʻchib oʻtganidan soʻng uzilgan. Orol va materik Xitoy oʻrtasidagi biznes va norasmiy aloqalar 1980-yillarning oxirida qayta tiklandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring