Tailandda yana bir oʻzbekistonlik YTH qurboni boʻldi

21:27 18 Mart 2026 Jamiyat
232 0

Tailandning Pxuket orolida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida bir nafar Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻldi, yana toʻrt nafari turli darajada jarohat oldi. Bu haqda Rossiyaning Pxuket provinsiyasidagi bosh konsuliga tayanib, TASS maʼlum qildi.

Maʼlum qilinishicha, 18-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 04:10 atrofida sayyohlarni olib ketayotgan mikroavtobus yoʻlda boshqaruvni yoʻqotib, elektr uzatish ustuniga borib urilgan. Avtomobilda jami 12 nafar yoʻlovchi boʻlgan. Hodisa oqibatida bir nafar oʻzbekistonlik voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, yana 4 nafar Oʻzbekiston fuqarosi jarohat olgan va ular tibbiyot muassasalariga yetkazilgan. Yoʻlovchilarning qolgan 8 nafari Rossiya fuqarosi boʻlib, ular ham turli darajada jabrlangan. Ulardan uch nafari shifoxonada qolayotgani, ikki nafarining ahvoli ogʻir ekani aytilmoqda.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, mikroavtobus haydovchisi oldinda ketayotgan yuk mashinasi keskin tormoz bergani sabab boshqaruvini yoʻqotgan. Ayni paytda Tailand huquqni muhofaza qiluvchi organlari hodisa sabablarini aniqlash boʻyicha tergov ishlarini olib bormoqda.

Eslatib oʻtamiz, bugun, 18-mart kuni Bangkok shahrida yuz bergan avtohalokatda ham bir nafar oʻzbekistonlik vafot etgan edi. Shuningdek, turli tan jarohati olgan yana uch nafar Oʻzbekiston fuqarosiga tezkor tibbiy yordam koʻrsatilib, shifoxonadan javob berilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?