Tailand Oʻzbekiston uchun vizasiz rejim joriy qiladi
Tailandga vizasiz kirish huquqiga ega davlatlar roʻyxati 57 tadan 93 taga koʻpaymoqda. 36 ta yangi davlat qatoriga Oʻzbekistondan tashqari Kambodja, Xitoy, Hindiston, Yamayka, Qozogʻiston, Laos, Meksika, Marokash va boshqalar kirdi.
Oʻzbekiston fuqarolari endi Tailandda 30 kun emas, balki 60 kun qolishlari mumkin. Avvalgi tartibda mamlakat fuqarolari Tailandga yetib borgandan soʻng 30 kun qolish sharti bilan viza olishlari kerak edi.
Bundan tashqari, chet ellik talabalarga mahalliy universitetni tamomlagandan keyin yana bir yil mamlakatda qolishga ruxsat berildi. Ilgari ular diplom olganlaridan keyin darhol mamlakatni tark etishlari kerak edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring