Tadqiqotchi olimlar uchun xushxabar: tadqiqotchilik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etiladi
Oʻzbekistonda tahliliy va tadqiqotchilik faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida Prezidentning 2025-yil 10-fevraldagi PQ-48-son qarori qabul qilindi. Ushbu qaror asosida Tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etiladi. Jamgʻarma tahliliy va ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish hamda jamoatchilik fikrini oʻrganish ishlarini moliyalashtirishni nazarda tutadi.
Jamgʻarma mablagʻlari Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasida alohida hisobraqamlarda jamlanadi va Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan belgilangan tartibda sarflanadi. Mablagʻlar tadqiqotlarni amalga oshirish, tahliliy materiallar tayyorlash va tadqiqotlar uchun grantlar ajratish kabi yoʻnalishlarga yoʻnaltiriladi. Shuningdek, jamgʻarma ijtimoiy soʻrovlar va jamoatchilik fikrini oʻrganish boʻyicha tadqiqotlarni moliyalashtirish vazifasini ham bajaradi.
Jamgʻarmaning faoliyati ustidan nazorat Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan amalga oshiriladi. Kengash jamgʻarma mablagʻlarini samarali va maqsadli sarflashni taʼminlash uchun bir qator vakolatlarga ega boʻladi. Xususan, jamgʻarma mablagʻlarini milliy va xorijiy valyutalarda bank depozitlariga joylashtirish, xalqaro grantlar va begʻaraz texnik koʻmak vositalarini jalb qilish mumkin boʻladi. Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarga toʻlov asosida tadqiqotlar natijalari va maʼlumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyati ham yaratiladi.
Tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining tashkil etilishi mamlakatda ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishga katta turtki beradi. Jamgʻarma yordamida milliy va xalqaro darajadagi tadqiqotlar amalga oshirilishi, tahliliy maʼlumotlarning sifatini oshirish va jamoatchilik fikrini chuqurroq oʻrganish imkoni yaratiladi. Bu esa mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ham oʻz hissasini qoʻshadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring