Tadbirkorlarning oshirilgan soliq stavkalari boʻyicha hisoblangan 2 trillion soʻmlik qarzlaridan butunlay voz kechsak, nima deysizlar — Prezident
Foto: president.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Joriy yil 1-iyuldan boshlab boʻsh bino, foydalanilmayotgan yer uchastkasiga nisbatan mol-mulk va yer soliqlarining oshirilgan stavkalarini qoʻllash bekor qilingan edi.
Lekin avval oshirib hisoblangan soliqlar nima boʻladi, degan savol 19 ming tadbirkorni bezovta qilmoqda va bu boʻyicha koʻplab murojaatlar kelib tushgan.
“Shularni inobatga olib, tadbirkorlarning oshirilgan soliq stavkalari boʻyicha hisoblangan 2 trillion soʻmlik qarzlaridan butunlay voz kechsak, nima deysizlar?”, — deya tadbirkorlarga murojaat qildi davlatimiz rahbari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring