Tadbirkorlar kuni munosabati bilan bir guruh soha vakillari mukofotlandi

10:32 14 Avgust 2024 Siyosat
297 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, sohada yangi va istiqbolli loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, yurtimizning iqtisodiy qudrati va eksport salohiyatini yuksaltirishga qoʻshayotgan katta hissasi, oʻzining tashabbuskorligi, zamonaviy bilim va tajribasini namoyon etib, investitsiyalarni jalb qilish, import oʻrnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatishni yanada kengaytirish, aholi bandligi va farovonligini taʼminlash yoʻlida alohida jonbozlik koʻrsatib kelayotgani, shuningdek, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Achilov Nurmuxamed Nurullayevich - Gʻijduvon tumanidagi “Parvoz Humo Ravnaq Trans” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Buxoro viloyati;

Turdaliyev Boxirjon Ilxomovich - Beshariq tumanidagi “Vodiy naslli parranda” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Fargʻona viloyati.

“Doʻstlik” ordeni bilan

Abdullayev Abduvayid Tolibjonovich - Asaka tumanidagi “Asakatekstil” masʼuliyati cheklangan jamiyati kuzatuv kengashi raisi, Andijon viloyati;

Arabbayev Xusan Jamalitdinovich - Chinoz tumanidagi “Yulduz” chorvachilik fermer xoʻjaligi boshligʻi, Toshkent viloyati;

Galperin Leonid Vladimirovich - “Toshkent quvur zavodi” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischilar kengashi raisi, Toshkent shahri;

Daniyev Abdushukur Jaylovovich - Muborak tumanidagi “Shodlik paxta-don klasteri” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Qashqadaryo viloyati;

Karimov Akmal Akbarovich - Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Krantas” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent shahri;

Kostoyev Magomed Ezmanovich - Rishton tumanidagi “Kosto Line Holding” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Fargʻona viloyati;

Mamurov Sharifjon Raximovich - Buxoro tumanidagi “LKW-Service” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Buxoro viloyati;

Muminov Abdulxamid Maxmudjanovich - Davlatobod tumanidagi “Saodat sanoat servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati;

Pardayev Baxodirjon Abdimalikovich - Oqoltin tumanidagi “Zanjirli shamshir” tuyaqushchilik fermer xoʻjaligi boshligʻi, Sirdaryo viloyati;

Pardayev Jamshid Muzaffarovich - Termiz iqtisodiyot va servis universiteti taʼsischisi, Surxondaryo viloyati;

Rustamov Ilxom Aslamovich - Samarqand shahridagi “Ahmadbek Qurilish Trio” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Samarqand viloyati;

Uzakbayev Adilbay Azatbayevich - Nukus tumanidagi “Qareken Sazani” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi;

Xaitov Akbarali Kilichevich - Paxtakor tumanidagi “Best Gold Crown” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati;

Xalimov Shuxrat Zakirovich - Urganch shahridagi “Urganch baxmal” masʼuliyati cheklangan jamiyati kuzatuv kengashi raisi, Xorazm viloyati;

Shakirov Jamshid Abdugapparovich - Navoiy shahridagi “Uzbekistan Hydrogen Peroxide” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Navoiy viloyati.

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

Kamolov Mirsaid Shavkatovich - Buxoro shahridagi “Truck Profi” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Buxoro viloyati;

Samiqjonov Bekzod Alisher oʻgʻli - Uchtepa tumanidagi “Sofiya qandolat” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Toshkent shahri.

“Shuhrat” medali bilan

Abduraximov Muxsin Muminovich - Uchkoʻprik tumanidagi “Kokand Bicycles” xususiy korxonasi rahbari, Fargʻona viloyati;

Absattarov Abdulvaxab - Termiz shahridagi “Termiz qurilish industriya sanoat” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Surxondaryo viloyati;

Bekmirzayev Baxtiyor Sodiqjonovich - Namangan tumanidagi “Nam Motor Servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati;

Gʻiyosov Abdinabi Kamolovich - Yakkabogʻ tumanidagi “Kumush kuz fayzi” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Qashqadaryo viloyati;

Ibodullayev Umarjon Gʻaybullayevich - Urgut tumanidagi “Bekmez Carpet” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Samarqand viloyati;

Karimov Abdumoʻmin Djabbarovich - Sharof Rashidov tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Jizzax viloyati;

Kayumov Xusamiddin Xusnutdinovich - Shayxontohur tumanidagi “Mak Food Servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Toshkent shahri;

Norbayev Mansurbek Shonazarovich - Urganch shahridagi “Urganch Textile Carpets” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Xorazm viloyati;

Tashmuxamedova Muxabbat Baxtiyorovna - Chilonzor tumanidagi “Nurafshon-Nur” xususiy korxonasi direktori, Toshkent shahri;

Telakova Surayo Ramazanovna - Parkent tumanidagi “Shabnam Elegant” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent viloyati;

Tillabayev Xadiyatullo Axmadullayevich - Andijon shahridagi “Dinar Tekstil” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Andijon viloyati;

Xalilov Baxodir Xamitovich - Namangan shahridagi “Sifat yogʻoch sanoat” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati;

Xamrayev Rustam Elmuratovich - Jizzax shahridagi “Sharof Rashidov nomidagi toʻqimachilik kombinati” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Jizzax viloyati;

Shamatova Shoiraxon Alimovna - Sayxunobod tumanidagi “Olimjon qizi Shoiraxon” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Sirdaryo viloyati;

Elova Saodat Axtamovna - Uchquduq tumanidagi “Choco Life” oilaviy korxonasi rahbari, Navoiy viloyati;

Eshonkulov Shokir Xamdamovich - Payariq tumanidagi “Silver Green Tea” oilaviy korxonasi direktori, Samarqand viloyati;

Yuldashev Xurshid Ruzmametovich - Toʻrtkoʻl tumanidagi “Toʻrtkoʻl shisha idishlari” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi;

Yusupov Xursandbek Ubaydullayevich - Shahrixon tumanidagi “Saxovat Teks” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Andijon viloyati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер