Tabiat uchun qilgan har bir harakatimiz barqaror atrof-muhitga erishish yoʻlida muhim oʻrin tutadi — Ziroat Mirziyoyeva

21:44 17 Noyabr 2022 Jamiyat
772 0

Foto: Zamin Foundation

“Zamin” fondi va YUNISEF tomonidan Butunjahon bolalar kuniga bagʻishlab gibrid formatda “Bolalarning sogʻlom atrof-muhitga boʻlgan huquqlarini taʼminlash” mavzusida xalqaro forum oʻtkazildi.

Forumda “Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva nutq soʻzladi.

— Oʻzbekistonning Bolalar, yoshlar hamda iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish harakatlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyaga qoʻshilganini chin dildan olqishlaymiz. Bu muhim qadam, mamlakatimiz bolalarning tom maʼnoda hayoti uchun, yorqin kelajagi uchun kurashishga sodiqligining belgisi. Sogʻlom sayyora, toza havo, xavfsiz muhit. Aynan shular bolalarning voqeligiga aylanishi shart.

Biz shunchaki qarab tura olmaymiz. Har birimizning hissamiz, tabiat uchun qilgan har bir harakatimiz barqaror atrof-muhitga erishish yoʻlida muhim oʻrin tutadi. Faqatgina birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz va aniq amallarimiz bilan ushbu maqsadga erishishimiz mumkin, — dedi Ziroat Mirziyoyeva.

Taʼkidlash lozimki, Oʻzbekiston MDH hududida ushbu deklaratsiyaga qoʻshilgan birinchi davlat boʻldi.

Tadbirda BMT agentliklari rahbarlari, davlat tuzilmalari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, xorijiy jamoat fondlari, Oʻzbekistondagi diplomatik korpus va milliy muassasalar vakillari ishtirok etdi.

Forum qonunchilik asoslarini takomillashtirish orqali ekologik muammo va tahdidlarning oldini olish boʻyicha global va milliy miqyosda amalga oshirilayotgan harakatlar yuzasidan amaliy fikr almashish uchun samarali maydon boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер