Suv toshqinlari tufayli Qozogʻistonning bir qator hududlarida favqulodda holat eʼlon qilindi

17:49 08 Aprel 2024 Dunyo
210 0

Foto: Qozog‘iston Respublikasi hukumati matbuot xizmati

Qozogʻistonda yuz bergan suv toshqinlari tufayli mamlakatning Aqtoʻbe, Qoʻstanay, Gʻarbiy Qozogʻiston, Ulitau, Aqmola, Qaragʻanda, Atirau, Pavlodar va Shimoliy Qozogʻiston viloyatlarida favqulodda holat qayd etilgan.

Bundan tashqari, mamlakatning 7 ta shahrida: Aqtoʻbe, Uralsk, Qoʻstanay, Arkaliq, Koʻkshetau, Temirtau va Petropavlovskda favqulodda holat saqlanib turibdi.

Eslatib oʻtamiz, 6-aprel kuni davlat rahbari Qosim-Jomart Toqayev Qozogʻiston xalqiga toshqin tufayli yuzaga kelgan murakkab vaziyat munosabati bilan murojaat qilgan edi. Prezident tabiiy ofatga qarshi kurashish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligining barcha imkoniyatlari, shuningdek, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Qurolli Kuchlar, Milliy xavfsizlik qoʻmitasi kuchlari safarbar etilganini taʼkidladi.

Ayni paytda 3745 ta xususiy turar-joy binolari suv ostida qolmoqda. Bu haqda Qozogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqaro mudofaasi va harbiy boʻlinmalar qoʻmitasining masʼul xodimi Erasil Saypash maʼlum qildi.

– Avariya-qutqaruv ishlariga kechayu kunduz 16 ming 375 kishi va 1 ming 600 dan ortiq texnika, 377 suv nasos uskunasi, 81 suv kemasi, 15 samolyot jalb etilgan. Ayni paytda 7 ta viloyatda – Atirau, Aqtoʻbe, Aqmola, Qoʻstanay, Sharqiy Qozogʻiston, Shimoliy Qozogʻiston va Pavlodar viloyatlarida 3745 ta xususiy turar-joy binosi, 421 ta hovli hududi suv ostida qolmoqda, – deydi Erasil Saypash.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер