Oʻzbekistonda suv sohasi raqamlashtiriladi
“Suv sohasini raqamlashtirish jarayonini yanada jadallashtirish va barqaror rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–183-son, 13.10.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Farmonning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- respublikada foydalanilayotgan suv resurslari hisobining toʻliq yuritilishini yoʻlga qoʻyish, 400 dan ortiq maʼlumotlarni raqamlashtirish;
- 600 mingdan ortiq suv isteʼmolchilari, 4,3 million gektar sugʻoriladigan yer maydonlari hamda sugʻorish uchun foydalanilgan suv resurslari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron tarzda shakllantirish;
- suv hisobi yuritilishi jarayonida inson omilini kamaytirish, suvdan foydalanuvchilar va iqtisodiyot tarmoqlarida suv resurslaridan foydalanish boʻyicha maʼlumotlar bazasini yaratish;
- suv sohasini barqaror rivojlantirish, innovatsion va ilgʻor texnologiyalarni keng joriy etish.
Shuningdek, suv xoʻjaligi sohasida raqamlashtirish jarayonini yanada jadallashtirish maqsadida Suv xoʻjaligi vazirligining tuzilmasida Markaziy dispetcherlik va suv balansi xizmati negizida davlat muassasasi shaklida Suv xoʻjaligini raqamlashtirish va monitoring markazi tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring