Suv serob boʻlsa, dehqonlar moʻl hosil yaratadi
Gʻ.Otajonov/“Xalq soʻzi”. Mintaqamizda suv tanqisligi ortib borayotganini hisobga olgan holda mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylangan. 2023-yilning 29-noyabrda Prezidentimiz raisligida oʻtkazilgan videoselektorda suvni tejash boʻyicha koʻrsatmalar berilgani fikrimiz tasdigʻidir.
Misol uchun, oxirgi besh yilda Oʻzbekistonning foydalanilgan oʻrtacha yillik suv miqdori 51-53 mlrd metr kubni tashkil qilgan. 2020-yilda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida 49 mlrd m3 suv ishlatilgan. Suv resurslari kam boʻlganligi uchun bugun foydalanayotgan suv miqdori respublika boʻyicha suvga ehtiyojning 75-80 foiziga ham yetmaydi.
– Bugungi kunda 221 ta nasos stansiyasining 41 tasi xususiy sherikchilik asosida faoliyat yuritib kelmoqda, – deydi Qoraqalpogʻiston nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi boshligʻi Kenes Sarыbayev. – Joriy yilda yana 6 ta nasos stansiyasi davlat sherikchiligi asosida xususiy sektorga berish nazarda tutilgan.
Bu borada Qoraoʻzak tumanidagi “Marxaoʻzak” nasos stansiyasida amalga oshirilgan ishlarni namuna sifatida koʻrsatish mumkin. “Marxaoʻzak” nasos stansiyasi 602 gektar maydonni sugʻorib keladi. Ushbu xoʻjalikda 6 nafar ishchi-xodimlar mehnat qilmoqda. Joriy yilda 1 dona yangi nasos, dvigatel oʻrnatildi. Natijada 37,3 ming kilovatt elektr energiyasi tejab qolishga erishildi.
Qoraqalpogʻiston nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tomonidan Qoraqalpogʻistonning shimoliy va shimoli-gʻarbidagi 13 ta tumanlarning jami, 137,3 ming gektar maydonlariga suv yetkazildi. Boshqarmaga qarashli 221 ta nasos stansiyasi, ularda oʻrnatilgan 481 dona nasos agregati bor. Nasos stansiyalari, agregatlar, transformatorlar va elektr uzatish tarmoqlarini texnik soz holatda saqlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, nasos stansiyalarida 115 dona nasos agregatlari tubdan taʼmirlandi. Zamonaviy energotejamkor texnologiyalarni joriy qilish maqsadida 1 dona kondensator qurilmasi, 3 dona quyosh batareyasi, 613 metr uzunlikdagi turli kuchlanishli kabel, 1 dona chastota oʻzgartiruvchi qurilma, 7 dona nasos, 6 dona elektrodvigatellar oʻrnatildi. Natijada 334,3 ming kVt. soat elektr energiyasi iqtisod qilindi.
Sir emaski, mamlakatimizda ishlab chiqarish sohasini kengayishi hisobiga hududlarda elektr energiyasiga ehtiyoj ortib bormoqda. Respublikamizda nasos stansiyalari elektr energiyasini eng koʻp sarf etadigan isteʼmolchilardan sanaladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan 2022-yil 5-dekabrda tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, har haftaning juma kuni tumanlardagi nasos stansiyalarida elektr energiyasini tejash, energiya tejamkor uskunalarni oʻrnatish ishlari masʼullar ishtirokida tahlil etiladi. Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan belgilangan vazifalar doirasida boshqarma tomonidan himoya zonalarida yordamchi xoʻjaliklar tashkil etilgan. Yordamchi xoʻjaliklarda 2024-yil davomida 4 gektar kartoshka, 17 gektar sabzavot, 4 gektar loviya, 6 gektar mosh, 10 gektar poliz, 30 gektar boshqa qishloq xoʻjalik ekinlari yetishtirildi. Hozirgi kunda 5,3 gektar maydonga boshqa turdagi ekinlar ekildi. Bu ishchi xodimlarni ijtimoiy taʼminlash, qoʻshimcha ragʻbatlantirish imkoniyatini yaratmoqda.
Suv – hayot manbai. Toʻrt faslda ehtiyoj seziladi. Orolboʻyi mintaqasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun nafaqat vegetatsiya davrida ekinlarni sugʻorish balki, kuz-qishda ham shoʻr yuvish uchun dalalarga suv yetkazish zarur boʻladi. Yoz jaziramasi, qish qahratonida nasos agregatlarining uzluksiz dehqon va fermerlar dalasiga suv yetkazishida fidoyi nasos xizmatchilarining hissasi beqiyos. Zero, suv serob boʻlsa, dehqonlar moʻl hosil yaratadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring