Suv bo‘lmasa, dalda bo‘lar... Оylab suvsiz qolayotgan yangiyo‘lliklar hamon umidvor

Havo harorati yuqori darajani ko‘rsatayotgan shu kunlarda, “Obod mahalla” dasturiga kirgan Yangiyo‘l tumanining A. Ortiqov nomidagi qishloq fuqarolar yig‘inining Chortoq mahallasida suv muammosi avjiga chiqmoqda. Mahalla hududida aholiga suv yetkazib berish uchun o‘rnatilgan suv chiqarish nasosi Yangiyo‘l tumani DUK “Suvsoz” balansida bo‘lib, namunaviy uy-joylarga aholi ko‘chib kelganidan buyon har yili mazkur nasos 3-4 marta kuyishi natijasida ishdan chiqib turarkan.

“Har safar nasosni ta’mirlash uchun (nasosni kran yordamida ko‘tarib olib uni ta’mirlashga olib borish va yana kran yordamida joyiga o‘rnatish) xonadonlardan pul yig‘ib uni o‘z hisobimizdan ta’mirlab kelmoqdamiz. Achinarli bo‘lsa ham, bu odatiy holatga aylanib ulgurdi. “Suvsoz” xodimlari so‘rovimizga asosan kelib-ketishaveradi, ammo nasosning “kuyib” qolish muammosi hech hal bo‘lmaydi. Mana, bir haftadirki, suvga zormiz. Hozirda aksariyat yashovchilar suv masalasini uzil-kesil hal bo‘lishiga ishonmay qo‘yganligi sababli pul yig‘ish ham muammoga aylandi”, - deydi shu mahallada istiqomat qiluvchi Temur Mo‘minov.
Endilikda mahalla ahli uyiga kichik nasos o‘rnatgan kishining hovlisida navbatda turib o‘z idishlariga suv olishga majbur bo‘lishmoqda.
“Ko‘chib kelganimizga to‘rt yil bo‘ldi. Chortoq mahallasining 29-xonadonida yashayman. To‘rt yildan beri suv tanqisligi, chiroq o‘chib turishi hamda qish faslida gaz muammosi bizni qiynab kelmoqda. Ikki hafta suv bo‘lsa, bir oy bo‘lmaydi. Ichayotgan suvimiz ham ichishga yaroqli emas”, - deydi o‘zini Ra’no Begaliyeva.
Abubakr Mo‘minov esa chiqindilar muammosi hal bo‘lmayotganini aytsa, boshqasi yaqin atrofda na maktab bor, na bog‘cha bor, na poliklinika borligidan shikoyat qiladi. Ammo ularning mahalliy hokimiyat vakillari yo‘liga ko‘z tutishlari ham besamar ketmas, hademay ularning qorasi ko‘rinib qolsa, hammasi yaxshi bo‘lib ketishiga umid odamlarga dalda berib turibdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Milliy sertifikat imtihoni natijalari 21 ish kuni ichida e’lon qilinadi — Bilimni baholash agentligi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Ichki ishlar vaziri Buxoro viloyati IIBning 10 ga yaqin rahbarini ishdan boʻshatdi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Yangi hafta avvalida qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi
- “Qutadg‘u bilig” dostoni qo‘lyozmasining faksimile nusxasi yaratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring