Surxondaryoning 4 tumanida 5 ming gektarda limonchilik plantatsiyasi tashkil qilinadi
Illyustrativ foto
Surxondaryo viloyatidagi 49 ming gektar tomorqaning 35 ming gektarida 3-4-marta hosil olinmoqda. Bunday koʻrsatkich birorta viloyatda yoʻq. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda qayd etildi.
Termiz tumanidagi “Tomorqa maktabi”da tomorqaga ilm bilan yondashib, bir yilda 5-martagacha ekin ekish oʻrgatilyapti. Mazkur tajriba butun Surxondaryoda yoʻlga qoʻyilsa, mahsulot yetishtirish ham, eksport ham, eng asosiysi, dehqonlarning daromadi ham koʻpayishi taʼkidlandi.
Xuddi Termiz tumanidagi kabi Angor, Uzun, Denovda “Tomorqa maktablari”ni tashkil qilish, ularda yiliga 10 ming aholini oʻqitish topshirildi. Umuman, Termiz tumani tajribasi asosida har bir viloyatda 2 tadan “Innovatsion tomorqa maktablari” ishga tushiriladi.
Denov, Oltinsoy, Sariosiyo, Uzun tumanlaridagi 5 ming gektarda limonchilik plantatsiyasi tashkil qilinadi, Oltinsoydagi 6 ming gektarda eksportbop uzum yetishtirish boʻyicha uch yillik dastur ishlab chiqiladi.
Uzun tumanida Yaponiya tajribasi asosida yaratilgan quritilgan xurmo va anjirning milliy brendini targʻib qilish muhimligi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring