Surxondaryodagi konda sodir boʻlgan avariya tufayli havoga oltingugurt gazi tarqaldi
Foto: FVV
Favqulodda vaziyatlar vazirligi kecha, 1-sentyabr kuni Surxondaryo viloyatidagi konda sodir boʻlgan hodisa toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
Unga koʻra, 1-sentyabr kuni soat 15:17 da Surxondaryo viloyati Boysun tumani “Koʻlqamish” MFY hududida joylashgan “Mustaqillikning 25 yilligi” koniga qarashli 604-son qudugʻida burgʻulash ishlari olib borish vaqtida texnologik jarayonning buzilishi tufayli oltingugurt (vodorod sulfid) gazi chiqishi kuzatilgan.
Aholi xavfsizligini taʼminlash maqsadida kon yaqinida yashovchi fuqarolar xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.
“Fuqarolarni tan-jarohati olish va halok boʻlish holatlari qayd etilmagan. Vaziyat toʻliq nazorat ostida. Vaximaga oʻrin yoʻq”, deyiladi vazirlik xabarida.
Qoʻshimcha qilinishicha, hodisa joyiga tegishli tashkilotlarning vakillari yetib borib, mutaxassislar tomonidan barcha zaruriy ishlar olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring