Surxondaryoda zamonaviy turistik markazlar tashkil etiladi
“Surxondaryo viloyatining togʻli-rekreatsion hududlarida turizm infratuzilmasini yaxshilash hamda zamonaviy xizmat koʻrsatish va turizm obyektlarini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori [PQ-439-son, 16.12.2024-y.] qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.
Qarorga koʻra, quyidagilar tashkil etiladi:
- Boysun tumani hududidagi umumiy maydoni 220,5 gektar boʻlgan yer uchastkasida “Omonxona” turistik markazi;
- Sariosiyo tumani hududidagi umumiy maydoni 615 gektar boʻlgan yer uchastkasida “Sangardak” turistik markazi;
- Jarqoʻrgʻon tumani Obihayot mahallasidagi “Oqtepa” suv omborining qirgʻoq boʻyi hududidagi 110 gektar yer uchastkasida “Obihayot” turistik markazi;
- “Omonxona”, “Sangardak” va “Obihayot” turistik markazlarini rivojlantirish va boshqarish uchun davlat muassasasi shaklida Surxondaryo viloyatida turizm infratuzilmasini rivojlantirish va boshqarish direksiyasi.
Turistik markazlar hududlarida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun moʻljallangan boʻsh yer uchastkalari mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida elektron onlayn auksion orqali realizatsiya qilinadi.
Xususiy investitsiyalarni jalb qilgan holda 2025–2027-yillarda mehmonxonalar, oilaviy mehmon uylari, xizmat koʻrsatish majmualari va dam olish maskanlarini qurish maqsadida boʻsh yer uchastkalari 10-yil muddatda teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring