Surxondaryoda uch egiz farzand dunyoga keldi
Shoʻrchi tumanida yashovchi ikki nafar farzandning onasi Shodugul Ahmedova Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Surxondaryo viloyati boʻlimida uch egiz — ikki oʻgʻil va bir qiz farzandni dunyoga keltirdi.
— Chaqaloqlar mutlaqo sogʻlom holda tugʻildi. Ular tegishli ravishda 2 kilogramm 300 gramm, 2 kilogramm 200 gramm va 2 kilogramm 150 gramm vaznda dunyoga keldi. Hozirda chaqaloqlar onasining bagʻrida, ularni koʻkrak suti bilan parvarishlash boʻyicha muntazam maslahatlar berib borilmoqda, — deydi shifokor Gulsin Aliqulova.
Shifoxona zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar va yuqori malakali shifokorlar bilan taʼminlangan. Aytish joizki, bunday sogʻlom va omadli tugʻruqlar viloyatdagi tibbiy xizmatlar sifatining yuksalayotganidan darak.
Maʼlumot uchun, Surxondaryo viloyatining doimiy aholisi 2025-yil 1-iyul holatiga koʻra, 2 million 974 ming 436 nafarga yetdi. Yilning birinchi yarmida esa 37 ming chaqaloq dunyoga kelgan.
Farhod ESONOV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring