Surxondaryoda 19-20 yoshli “ogʻufurushlar” uzoq muddatga qamaldi

10:41 19 Fevral 2026 Jamiyat
211 0

Foto: DXX

Surxondaryo viloyati katta miqdordagi giyohvandlik vositalari bilan qoʻlga olingan narkosavdogarlarning har biri 15-yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, giyohvandlik vositalari kontrabandasi va savdosiga qarshi kurashish doirasida 2025-yilning avgust oyida DXX Chegara qoʻshinlari va Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida Uzun tumanida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Xususan, 2005 va 2006-yillarda tugʻilgan 2 nafar mahalliy fuqaro davlat chegarasini buzgan holda, Tojikistondan 20 kg 374 gr “opiy” va 41 kg 668 gr “gashish” moddalarini olib kelgan vaqtlarida ushlangan.

Soʻngra tezkor tadbir davom ettirilib, ularning jinoiy sheriklari – Uzun tumanida yashovchi, 2000 va 2004-yillarda tugʻilgan 2 nafar shaxs hamda ajal ogʻusining buyurtmachisi hisoblangan, Denov shahrida istiqomat qiluvchi, 2000-yilda tugʻilgan fuqaro ham protsessual tartibda qoʻlga olingan.

Holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilgan.

Qayd etilishicha, Jinoyat ishlari boʻyicha Uzun tuman sudining hukmiga asosan, qonunbuzarlar tegishliligi boʻyicha Jinoyat kodeksining 223, 246, 273-moddalari bilan aybli deb topilib, ularning har biriga nisbatan 15-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер