Surxondaryoda 1,47 ming tonna koʻmir talon-toroj qilindi
Foto: Prokuratura departamenti
Surxondaryo viloyatida 1 470 tonna koʻmirni talon-toroj qilish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uzun tumani boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqaro F.M. Erkinlik MFY hududidagi noturar binoda saqlab kelgan tegishli hujjatlari boʻlmagan har bir qopi 20 kg boʻlgan jami 5 ming qop koʻmirni fuqaro A.A.ga 100 mln soʻmga sotishga kelishib, ushbu pullar hisobidan 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Koʻmir taʼminot” MChJning Uzun tumani ombori mudiri E.R. kuz-qish mavsumida tuman aholisi va tumandagi ijtimoiy soha obyektlarini isitish uchun olib kelingan umumiy bahosi 447,2 mln soʻm boʻlgan jami 1 470 tonna koʻmirni qimmat narxlarda boshqa shaxslarga sotib yuborib, davlat va jamiyat manfaatlariga juda koʻp miqdorda zarar yetkazgani maʼlum boʻlgan.
Shuningdek, u 2023-yilning sentyabr oyida F.M. (tadbir davomida ushlangan)ga 180 tonna koʻmirni 120 mln soʻmga sotgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring