Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

13:35 31 Yanvar 2024 Jamiyat
352 0

Polkovnik Ismailov Timur Kamalatdinovich Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar Ichki ishlar vazirligi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib oʻtamiz, viloyat Ichki ishlar boshqarmasining avvalgi boshligʻi polkovnik Abduvoxid Ismoilov kuni-kecha Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi etib tayinlangandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?