Surxondaryo Oʻzbekistonda birinchi boʻlib don topshirish rejasini bajardi
Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Surxondaryolik gʻallakorlar bu yil ham mamlakatimizda birinchi boʻlib don topshirish rejasini ortigʻi bilan bajardi.
Vohalik gʻallakorlar 2024-yil hosili uchun 89,3 ming gektar maydonda mahalliy iqlimga mos, ertapishar gʻalla navlarini parvarishlab, bugun, 16-iyun holatiga don korxonalariga 210 ming 246 tonna sara tovar don sotib, shartnomaviy rejani 101,0 foizga bajardi.
Jumladan, Sheroboddagi “Shoymon bobo” fermer xoʻjaligi 107,2 sentner, Qumqoʻrgʻondagi “Elobod ziyosi” fermer xoʻjaligi 106,0 sentner, Angordagi “Umid shox Angor” fermer xoʻjaligi 101,2 sentner, Muzrabotdagi “Amirqul bobo KAA” fermer xoʻjaligi 100,3 sentner, Jarqoʻrgʻondagi “Panji Umid Bunyod” fermer xoʻjaligi 100,2 sentner, Termiz tumanidagi “Qoraxon Yangiariq” fermer xoʻjaligi 101,0 sentnerdan hosil olib, voha xirmoniga oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshishdi.
Gʻallakorlar erishgan ushbu natija vohada qishloq xoʻjaligida joriy qilinayotgan iqtisodiy islohotlar, zamonaviy texnologiyalar hamda fermerlarning moddiy manfaatdorligi, yerga, mulkka egalik hissining oshganligining, klasterlar faoliyati yaxshi yoʻlga qoʻyilganligining samarasidir.
Joriy yilda voha gʻallakorlari gektarlar hosildorligini oʻrtacha 94 sentnerga yetkazib, mavjud maydonlardan 840 ming tonna sara don ishlab chiqarishni moʻljallamoqda. Viloyatda gʻalla oʻrim-yigʻimi qizgʻin davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring