Surxondaryo katta kurash musobaqasi oʻtkaziladi. Mutlaq gʻolib avtomobil sohibi boʻladi

11:17 02 Mart 2024 Sport
1375 0

Arxiv surat

Surxondaryo viloyati hokimligi 21-mart — Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan Termiz shahrida katta kurash musobaqasi oʻtkazishni moʻljallamoqda.

Janubiy vohada azaldan Navroʻz bayrami oʻzgacha ruhda oʻtkaziladi. Milliy shodiyonalar, toʻyu-tomoshalar borki, kurashsiz oʻtmaydi. Negaki, vohada halollik, mardlik, birdamlik va mehr-oqibat kabi yuksak fazilatlarni oʻzida mujassamlashtirgan ushbu sport turining millionlab muxlislari bor. Mamlakatimizda sportni, shu jumladan, milliy kurashni qoʻllab-quvvatlab, rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor uni xalqaro maydonda nufuzini oshirmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati tomonidan maʼlum qilinishicha, bellashuvlarda mamlakatimizning barcha hududlari, shuningdek, qoʻshni respublikalardan ham nomdor polvonlar qatnashishi kutilmoqda. Musobaqaning mutlaq gʻolibi zamonaviy avtomobilni qoʻlga kiritadi. Bundan tashqari, oʻz vazn toifasida gʻolib boʻlgan polvonlar qimmatbaho sovrinlar, pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер