Suriyadan qaytgan oʻzbek ayoli taqdiri haqida film suratga olinadi
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan Central Asian Trade Company (CATC) hamda “Dilshoh media” kinostudiyalari hamkorligida “Ayol qismati” badiiy filmi suratga olinadi.
Film Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil may oyidagi maxsus topshirigʻi asosida adashib Suriyaga ketgan vatandoshlarimizni yurtimizga qaytarish yuzasidan amalga oshirilgan maxsus operatsiya haqida. Unda xorijga ketgan Feruza ismli ayolning ayanchli taqdiri, vataniga qaytishdagi kechinmalari hikoya qilinadi.
Ssenariy mualliflari Dilmurod Masaidov hamda Sardor Hamroyev, postanovkachi rejissyor Dilmurod Masaidov, postanovkachi operator Husan Aliyev, rassom Husayn Eshniyozov, prodyuser Mahmud Erkaboyev, liboslar boʻyicha rassom Sevara Zunnunova, kartina direktori Azizbek Azatbayev.
Hozirda filmni suratga olish uchun joylar tanlash va boshqa tayyorgarlik jarayonlari ketmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring