«Super kelinchak» filmi rejissyori Bahrom Yaqubov vafot etdi

00:48 12 Mart 2021 Madaniyat
4347 0

Shu yilning 11-mart kuni oʻzbekistonlik taniqli rejissyor Bahrom Yaqubov hayotdan koʻz yumdi. Bu haqda jurnalist Shohira Hamro maʼlum qildi.

Bahrom Yaqubov 1961-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik institutining aktyorlik fakultetini tugatgan. Uzoq yillar «Oʻzbekfilm» va «Oʻzbektelefilm» studiyalarida rejissyor yordamchisi boʻlib ishlagan. Rejissyor sifatida dastlabki ishi “Yosh yozuvchining kundaligi” qisqa metrajli badiiy filmi boʻlib, u 1989-yilda suratga olingan. Keyin koʻp yillar davomida hujjatli filmlarni suratga oldi. U katta kinoteatrlarga 2003-yilda “Sarvinoz” toʻliq metrajli filmi bilan kirib kelgan.

Shuningdek, “Baxt uchun million”, “Yondiradi, kuydiradi”, “Fotima va Zuhra”, «Sugʻdiyona», “Jodugar”, “Majruh”, “Ichkuyov”, «Superkelinchak», “O, Maryam, Maryam” kabi koʻplab filmlarni suratga olgan.

Hozirga qadar Bahrom Yoqubov 10 dan ortiq badiiy va bir qator hujjatli filmlarni suratga olgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер