Sudyalikka nomzodlarga baho berish amaliyoti joriy etiladi
Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzurida ishchi guruh yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda senatorlar, Konstitutsiyaviy sud va Oliy sud sudyalari, Sudyalar oliy kengashi aʼzolari, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar vakillari, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Yigʻilishda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunning 21-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi muhokama qilindi. Shu bilan birga, ushbu loyiha yuzasidan vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ilmiy doiralar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar koʻrib chiqildi.
Taʼkidlanishicha, mamlakatimizda sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash, odil sudlovga erishish hamda qonun ustuvorligini taʼminlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar izchil davom ettirilmoqda. Shu bilan birga, Senatning ayrim konstitutsiyaviy vakolatlari faqat nomzodlarni tasdiqlash bilan cheklanib qolmoqda. Xususan, Senat tomonidan Konstitutsiyaviy sud va Oliy sud sudyalari, Sudyalar oliy kengashi aʼzolarini tasdiqlash jarayonida ularning faoliyati bilan tanishish va baho berish amaliyoti yoʻlga qoʻyilmagan.
Mazkur qonun loyihasida ana shu amaliyotni joriy etish, yaʼni Konstitutsiyaviy sud va Oliy sud sudyaligiga, shuningdek, Sudyalar oliy kengashi aʼzoligiga nomzodlarning faoliyatini oʻrganish, ular haqida xulosa berish tartibini belgilash nazarda tutilgan.
Yigʻilishda bildirilgan taklif va tavsiyalar qonun loyihasini yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring