Sudyalar oliy kengashi tomonidan tayyorlangan kitob oʻquv-qoʻllanma sifatida tavsiya etildi
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan tayyorlangan “Sudlar faoliyatida huquqni qoʻllash amaliyoti: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalari” nomli qoʻllanma oʻquv qoʻllanma sifatida tavsiya etildi. Bu haqdagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining (endilikda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi) tegishli buyrugʻi 2022-yil 30-dekabr kuni (429-son) qabul qilindi.
Mazkur toʻplam “Yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi) talabalari, oʻquvchilari uchun tavsiya etilgan.
Mazkur oʻquv qoʻllanma sudyalik lavozimlariga nomzodlar tayyorlashda, sudyalar va sud apparati xodimlarini malakasini oshirish va sud ishlarini yuritishida sud hokimiyati mustaqilligining asosiy prinsiplariga amal qilish, xalqaro konvensiyalarlardan foydalanishda qulayliklar yaratish maqsadida tayyorlangan. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi barcha yuridik va jismoniy shaxslarining huquqlari mamlakat ichida va tashqarisida sudlar tomonidan himoyalanishida hamda mamlakatda yashab, faoliyat yuritib kelayotgan xorijliklarning (yuridik va jismoniy shaxslarining) qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilinishida yuzaga keladigan muammolarni hal etishda foydalanishda ham muhim qoʻllanma sifatida ham foydalanish mumkin.
“Sudlar faoliyatida huquqni qoʻllash amaliyoti: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalari” toʻplami sud faoliyat(faoliyat turlari boʻyicha) sudyalar va sud apparti xodimlari, sudyalik lavozimlariga nomzodlar, advokatlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, huquqshunos olimlar va huquqshunoslik sohasiga qiziquvchi barcha kitobxonlar ommasiga moʻljallangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring