Sud jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishga oid qonun ko‘rib chiqildi

17:32 21 Fevral 2025 Siyosat
234 0

Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»

Senatning to‘rtinchi yalpi majlisida “Aholiga sud muhokamalarida masofadan ishtirok etish uchun yanada qulay sharoitlar yaratilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.

Mamlakatimizda sudlov faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar fuqarolarning o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan sudlarga murojaat qilish jarayonlarini liberallashtirmoqda.

Shuningdek, bu sohadagi islohotlar odil sudlovga erishish darajasini oshirish bilan birga sudlar faoliyati ochiqligi va shaffofligini ta’minlash imkonini bermoqda.

Majlisda senatorlar tomonidan bugungi kunda videokonferensaloqa rejimida o‘tkaziladigan sud majlislarida mobil videokonferensaloqa tizimidan foydalanishning huquqiy asoslarini yaratish orqali prosessual qonunchilikni takomillashtirish zaruriyati mavjudligi qayd etildi.

Muhokama qilingan Qonunda Fuqarolik prosessual kodeksi, Iqtisodiy prosessual kodeksi va Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga aholining sud muhokamalarida masofadan ishtirok etishining huquqiy asoslarini yaratuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.

Xususan, Fuqarolik prosessual kodeksida videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida masofadan ishtirok etayotgan guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlarga o‘z huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi tushuntirilganligi, shuningdek guvohning qasamyodi audio- va videoyozuv orqali qayd etilishi, bu haqida sud majlisi bayonnomasida ko‘rsatilishi kerakligi belgilanmoqda.

Ushbu Qonunning hayotga tatbiq etilishi fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini yanada oshirish, fuqarolarning buzilgan huquq va erkinliklari, shuningdek qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер