SSV: Oʻzbekistonga olib kelingan vaksinalar soni yil oxirigacha 47 million dozadan oshadi
Mamlakatimizga joriy yilning oktyabr oyida COVAX dasturi doirasida Pfizer-BioNTech vaksinasidan 800 ming doza va Sinovac vaksinasidan 1,7 mln. doza olib kelish koʻzda tutilgan.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati maʼlumotiga koʻra, mamlakatimizning oʻzida 15,5 million doza ZF-UZ-VAC2001 hamda 633 ming dozadan ortiq ikki komponentli “Sputnik V” vaksinalari ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.
Umumiy hisobda 18,9 million dozadan ortiq vaksina kelgusida emlash jarayonlarida qoʻllash uchun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga yetkaziladi.
Hozir yurtimizda emlash boshlanganidan beri 28 687 988 doza vaksina keltirilgan boʻlib, yil oxirigacha bu koʻrsatkich 47 million dozadan oshishi rejalashtirilgan.
Ushbu miqdor bilan Oʻzbekiston aholisining 17,4 million nafarini toʻliq emlash mumkin boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring