Tadbirkorlardan ortiqcha foyda solig‘i undirgani uchun bir qator xodimlar ishdan bo‘shatildi, rahbariyatning unvonlari pasaytirildi
Arxiv foto
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida qayd etilgan foyda solig‘i bo‘yicha holatlar Soliq qo‘mitasi tomonidan zudlik bilan o‘rganildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tezkor o‘rganish natijalari tanqidiy ravishda ko‘rib chiqilib, quyidagi chora-tadbirlar belgilab olindi:
birinchidan, ushbu kamchiliklarga yo‘l qo‘yganliklari uchun Soliq qo‘mitasi mas’ul nazorat departamenti boshlig‘i B.Muqimov va Toshkent shahar bo‘lim boshlig‘i O.Lutfillayev egallagan lavozimlaridan ozod etildi;
ikkinchidan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i Yu.Nasimjanov va Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari J.Mirpo‘latovning maxsus unvonlari bir pog‘onaga pasaytirilib, intizomiy jazo chorasi belgilandi;
Shuningdek, Soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish departamenti boshlig‘i X.Bazarovga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi tayinlandi.
uchinchidan, foyda solig‘i bo‘nak to‘lovlari hisobidan byudjetga undirilgan ortiqcha mablag‘larni 28 mart kuni soat 13:00 ga qadar soliq to‘lovchilarga to‘liq qaytarish vazifasi belgilandi;
to‘rtinchidan, qayd etilgan holatlar bo‘yicha Toshkent shahar soliq organlarida maxsus boshqarma tomonidan xizmat tekshirishi o‘tkazish va natijalari bo‘yicha hujjatlarni huquqni himoya qilish organlariga yuborish vazifasi topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring