Soliq toʻlovchilar 13 trillion soʻmdan ortiq soliq imtiyozlaridan foydalandi – Fiskal tahlillar
Foto: Illustrativ
Moliyaviy tahlillarni ulashib boruvchi “Fiskal tahlillar” portalning maʼlum qilishicha, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida 138 ming 826 ta tashkilot 13,3 trillion soʻm miqdorda soliq imtiyozlaridan foydalangan.
Maʼlum boʻlishicha, 2 ming 713 ta korxona moliyaviy xizmatlar boʻyicha 9,7 trillion soʻmdan ortiq QQSsiz operatsiyalar amalga oshirgan va 6 ming 404 ta korxona 16 trillion soʻm miqdorida QQS “nol” stavkasini qoʻllagan.
Soliq turlari kesimida foydalanilgan soliq imtiyoz summalari boʻyicha eng katta ulush QQS bilan bogʻliq boʻlib, ushbu davr uchun 6,4 trillion soʻmdan ortiq imtiyoz berilgan. Shuningdek, yer soligʻidan (1,9 trillion), foyda soligʻi (2,4 trillion), ijtimoiy soliq (1,3 trillion) ham soliq imtiyozi foydalanilgan sohalar roʻyxatida yetakchilik qilmoqda.
Bundan tashqari, mol-mulk soligʻini toʻlashda 803 milliard, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻida 544 milliard, aylanmadan olinadigan soliqda 85,2 milliard, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqda 19,9 milliard soʻmlik imtiyozlar taqdim etilgan.
“Xalqaro ekspertlar xulosasiga asosan, QQS boʻyicha moliyaviy xizmatlar va “nol” stavka hisobi alohida yuritiladi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, savdo sohasidagi korxonalar 6 oyda qancha soliq toʻlagani maʼlum qilingandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring