Soliq maslahatchilari instituti shakllantiriladi — Qonun loyihasi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida deputatlar bir qator qonun loyihalari koʻrib chiqilmoqda.
Xususan, shulardan dastlabkisi “Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi boʻldi.
Taklif etilayotgan loyihaning maqsadi – soliq maslahati sohasida oʻzini oʻzi boshqarishning asosiy qoidalarini belgilovchi hamda samarali faoliyat koʻrsatadigan soliq maslahatchilari institutini shakllantirish, soliq maslahati sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, soliq toʻlovchilarga malakali soliq maslahati xizmatlari koʻrsatilishini taʼminlashdan iborat.
Qonun loyihasi bilan soliq maslahatchilariga soliq tekshiruvi oʻtkazilganda, mijoz (ishonch bildiruvchi) nomidan asoslantirish sifatida soliq maslahati boʻyicha xulosani mustaqil ravishda taqdim qilish va boshqa shu kabi huquqlar berilmoqda. Qonun loyihasining qabul qilinishi bilan samarali faoliyat koʻrsatadigan soliq maslahatchilari instituti shakllantiriladi.
Mazkur hujjatda soliq maslahatchisi assistenti tushunchasi kiritilmoqda. Shuningdek, soliq maslahati xizmati muayyan bilimni talab qiladigan xizmatlar turiga kirganligi inobatga olib “professional xizmatlar” deb foydalanmoqda va ularning roʻyxati kengaytirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring