Sogʻliqni saqlash vaziriga birinchi oʻrinbosar tayinlandi

10:40 22 Avgust 2025 Jamiyat
195 0

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli qaroriga koʻra, Boboyev Alisher Shukrullayevich Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqida Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Alisher Boboyev 1996-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlab, ushbu oliy oʻquv yurtining klinik ordinatura yoʻnalishida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini 1998-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutida katta laborant sifatida boshlagan.

Turli yillarda Toshkent farmatsevtika instituti tibbiy biologik fanlar kafedrasi katta laboranti, Toshkent shahar Olmazor tumani koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi, 1-sonli Respublika klinik shifoxonasi maslahat-diagnostika poliklinikasi hamda Respublika klinik shifoxonasi urologiya boʻlimi singari qator muassasalarda shifokor-urolog, Sogʻliqni saqlash vazirligi kotibiyatida bosh mutaxassis kabi lavozimlarda ishlagan.

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan taqdirlangan Alisher Boboyev tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер