Sodiq Safoyev Oʻzbekiston regbi federatsiyasi raisligiga qayta saylandi
Bugun Oʻzbekiston regbi federatsiyasining navbatdagi hisobot-saylov konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston regbi federatsiyasi raisi Sodiq Safoyev, Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, Sport oʻyinlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori Jasur Akramov, shuningdek, federatsiyaning Ijroiya qoʻmitasi, viloyatlardagi vakillari, murabbiylar shtabi va sportchilar ishtirok etishdi. Konferensiyada federatsiyaning oʻtgan davrdagi hisoboti koʻrib chiqilib, rahbariyat tarkibi shakllantirib olindi.
Dastavval federatsiya Ijrochi direktori Begzod Ibragimov 2019-2023-yillar davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi. Unda 4-yil mobaynida erishilgan yutuqlar, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar koʻrib chiqildi. Delegatlar hisobotni bir ovozdan maʼqullashdi. Shundan soʻng kun tartibining asosiy masalalariga oʻtildi.
Ijroiya qoʻmita tashkilot rahbarligiga 2013-yildan beri federatsiyada rais sifatida faoliyat olib borayotgan va 2017-yil ushbu lavozimga qayta saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev nomzodini ilgari surdi. Ishtirokchilar bir ovozdan Sodiq Salixovich nomzodini qoʻllab-quvvatlashdi va S.Safoyev navbatdagi muddatga Oʻzbekiston regbi federatsiyasining raisi etib saylandi. Oʻz navbatida, federatsiya raisi bildirilgan ishonchni oqlashga vaʼda berar ekan, terma jamoalarning moddiy texnik bazasini oshirish orqali xalqaro maydondagi natijalarni yanada yaxshilash, mamlakatimizda regbi ommaviyligini oshirish boʻyicha ustuvor rejalar haqida toʻxtalib oʻtdi.
Delegatlar shu paytgacha federatsiya Bosh kotibi lavozimida ishlab kelgan Qahramon Jalilov nomzodini navbatdagi muddatga maʼqullashdi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining oʻrinbosari Alisher Narbayev federatsiya raisining birinchi oʻrinbosari, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda Respublika tovar xom ashyo birjasi boshqaruv raisi Ziyovuddin Badriddinov federatsiya raisi oʻrinbosari lavozimlariga saylandilar. Tadbir davomida federatsiya Ijroiya qoʻmitasi, Taftish hayʼati va Tartib-intizom qoʻmitasi tarkibi ham shakllantirib olindi.
Shuning bilan, Oʻzbekiston regbi federatsiyasining navbatdagi hisobot-saylov konferensiyasi oʻz ishini yakunladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring