Sirdaryoda psixotrop va giyohvandlik moddalar savdosi toʻxtatib qolindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor-profilaktik tadbirlar oʻtkazildi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro A.X. Sirdaryo tumani, “Turkiston” MFY hududidagi xonadonida kuchli taʼsir qiluvchi va giyohvandlik vositalarini oʻtkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlangan.
Shundan soʻng, tarkibida pregabalin psixotrop moddalari mavjud boʻlgan 189,3 gramm kukun va 217 gramm “Marixuana” giyohvandlik moddasi ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovga tegishliligi boʻyicha yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring