Sirdaryoda Xalqaro tasviriy va amaliy sanʼat festivali doirasida tadbirlar oʻtkazilmoqda
Foto: “Xalq soʻzi”
Ahmadali ShERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. Maʼlumki, har yili 15-apreldan 19-aprel kunlari mamlakatimizda anʼanaviy tarzda Xalqaro tasviriy va amaliy sanʼat festivali oʻtkazib kelinadi. Bugun Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi tasarrufidagi Sirdaryo ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatida ana shu nufuzli anjumanning ochilishiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.
Taʼkidlandiki, mamlakatimizda tasviriy va amaliy sanʼat boʻyicha iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, boy milliy meros va anʼanaga ega ushbu sanʼat turlarini yanada rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, har yili oʻtkazib kelinayotgan Xalqaro tasviriy va amaliy sanʼat festivali ham ayni maqsadlarga qaratilgandir.
— Mazkur festival yosh musavvirlar uchun katta mahorat maktabi hamdir, — deydi Guliston davlat universiteti sanʼatshunoslik fakulteti 4-bosqich talabasi, Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi Nodira Gayberdiyeva. — Negaki, u orqali tasviriy va amaliy sanʼatning yurtimiz hamda xorijdagi taniqli vakillarining asarlari bilan bevosita tanishish bilan birga ularning mahorat darslarida ham qatnashish imkoniyatiga ega boʻlamiz.
Festival dasturidan mahalliy va xorijiy rassomlarning koʻrgazmalari, rassomlik va amaliy sanʼat boʻyicha mahorat darslari, tarixiy, milliy va zamonaviy liboslar ham namoyishi oʻrin olgan. Maʼlum qilinishicha yurtimiz boʻylab boshlagan xalqaro festivalning Sirdaryo viloyatidagi tadbirlari viloyatning barcha shahar va tumanlarda ham boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring