Sirdaryoda kanaldan 59 yoshli fuqaroning jasadi topildi
Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani hududidan oqib oʻtuvchi kanaldan 59 yoshli fuqaroning jasadi topildi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirishicha, joriy yilning 21-iyun kuni soat 11:46 da Sayxunobod tumani IIBdan tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimiga bir nafar fuqaroning suv yuzasida turgan tanasini olib chiqish boʻyicha amaliy yordam soʻrab, xabar kelib tushgan.
Qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan va tumanning “Baxmalsoy” MFY hududidan oqib oʻtuvchi tumanlararo oʻng tarmoq kanalining 266 piketidan 1966-yilda tugʻilgan fuqaroning tanasini olib chiqqan.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Yakuni boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring