Sirdaryoda “Isuzu” va “Kamaz” ishtirokida YTH sodir boʻldi (+video)
Ijtimoiy tarmoqlarda “Isuzu” hamda “Kamaz” ishtirokida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgani toʻgʻrisida videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, shu yilning 5-noyabr kuni soat 05:30 lar atrofida Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani hududidan oʻtuvchi Xalqaro ahamiyatdagi M-34 avtomobil yoʻlining “Termiz-Toshkent” yoʻnalishi 84-km/da “Kamaz 54112” rusumli transport vositasi nosozligi sababli yoʻlning chetki oʻng boʻlagida toʻxtab turgan.
Shundan soʻng, shu yoʻnalish boʻylab harakatlanib kelayotgan “Isuzu” rusumli transport vositasi haydovchisi hushyorlikni yoʻqotib, toʻxtab turgan “Kamaz” rusumli transport vositasining orqa qismiga kelib urilishi natijasida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan.
Boshqarma maʼlumotlariga koʻra, mazkur yoʻl transport hodisasi natijasida jabrlanganlar hamda jarohatlanganlar aniqlanmagan. Hozirda ushbu holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB JXX YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring