Sirdaryoda “dabdabali” to‘y. Kelin-kuyov traktor “belkuragi”da FHDYOga bordi (foto)
Guliston shahrida yashovchi Valijon aka qaynisining “Bir to‘y qilingki, hali hech kimniki bunday dabdabali o‘tmagan bo‘lsin, dovrug‘i Sirdaryoning narigi qirg‘og‘iga ham yetsin” degan maslahatiga ko‘nib, quda tomonga “Qizimni eng so‘nggi rusumdagi traktorda olib ketasizlar” deb shart qo‘ydi. Shunday ham bo‘ldi. Qaynisi tomonidan o‘ylangan to‘y ssenariysiga ko‘ra, kelin–kuyov FHDYOga boshqalar kabi avtomobillarda emas, qurilish-obodonlashtirish ishlarida qo‘llaniladigan qimmatbaho texnikaning “belkuragi”da yo‘l olishdi...
Ammo, aslida bu voqea hayotda bo‘lgani yo‘q. Gap shundaki, Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan efirga uzatib borilayotgan “Sirdaryocha kulgi” ko‘rsatuvining navbatdagi “Yangicha to‘y” syujetida dabdabali to‘y qilib nom chiqaraman deb boshdan oyog‘igacha qarzga botganlar ana shunday satira ostiga olindi.
Ko‘rsatuv rejissyori Jahongir Eshpo‘latovning ushbu ijodiy topilmasi jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi. Eng muhimi, mazkur teletomosha yurtimizda to‘ylarni ixchamlashtirish, dabdababozlik va isrofgarchilikka chek qo‘yish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli targ‘ibot–tashviqot ishlariga qo‘shilgan o‘ziga xos hissa bo‘ldi.
Ahmadali SHЕRNAZAROV,
“Xalq so‘zi” muxbiri.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring