Sirdaryoda “Cobalt” urib yuborgan velosipedchi vafot etdi

12:02 14 Oktyabr 2021 Jamiyat
1290 0

11-oktabr kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahrida “Cobalt” velosipedchini urib ubordi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, voqea 4R-27 avtomobil yoʻlining Guliston shahrida sodir boʻlgan. Hodisa sodir boʻlgan joyda transport vositalari va piyodalar harakatini tartibga soluvchi tegishli yoʻl belgilari oʻrnatilgan.

Qayd etilishicha, yoʻl-transport hodisasiga “Cobalt” haydovchisining eʼtiborsizlik oqibatida velosipedda harakatlangan fuqaroni koʻrmay qolishi sabab boʻlgan. “Sirdaryo xabarlari”ning maʼlum qilishicha, voqea oqibatida jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?