Sirdaryoda 623 tonna pilla yetishtirildi

15:32 08 Iyun 2021 Iqtisodiyot
764 0

Joriy yilda Sirdaryo viloyatida 11087 quti ipak qurti parvarishlandi. Bu ishda 2271 ta fermer xoʻjaligi va 1533 nafar kasanachi ishtirok etdi. Ular bilan tuzilgan shartnomalarga koʻra 621 tonna pilla yetishtirish belgilangan edi.

Viloyatda pilla tayyorlash boʻyicha moʻljallangan ana shu marra egallandi.Qabul punktlariga 623 tonna xom ashyo topshirildi.

Ushbu mehnat zafariga shartnomadagidan ancha koʻp pilla yetishtirgan Boyovut tumanidan «Xasan Tillayevich», «Xolbekov Temurqul», Guliston tumanidagi “Asqarali Rivoji”, «Bozorboy ota» fermer xoʻjaliklari, kasanachilardan Adolat Egamberdiyeva , Zulayxo Boʻtayeva, Nigora Begimqulova, Farida Boʻriboyeva kabilar salmoqli hissa qoʻshdi.

Eʼtirof etish lozimki, soʻnggi yillarda viloyatda pillachilikni rivojlantirish, xususan uning ozuqa bazasini kengaytirish borasida sezilarli darajada oʻsishga erishildi. Ayni chogʻda Sirdaryoda 1932,3 gektar tutzor mavjud. Joriy yilda 114 gektar yangi tutzor tashkil etildi. Bundan tashqari Prezidentimizning soha rivojiga qaratilgan qarorlariga asosan alohida “tutchilik xoʻjaligi” tashkil etilgan boʻlib, unda yiliga 1 million tupga yaqin tut koʻchatlarini yetishtirilmoqda.

Ahmadali SHERNAZAROV
(«Xalq soʻzi).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?