Sirdaryo viloyati hokimi “5 tashabbus olimpiadasi”ning ochilishida qatnashib, futbol oʻynadi
Sirdaryo viloyatida yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi va sportni ommalashtirish, ularni koʻchabay va mahallabay kesimida sport tadbirlariga jalb etish maqsadida “5 tashabbus olimpiadasi” doirasida sport musobaqalariga start berildi.
Sport musobaqalarining ochilish marosimi bayramona tarzda tashkil etildi.
Unda Sirdaryo viloyat hokimi, senator Gʻofurjon Mirzayev soʻzga chiqib, soʻnggi yillarda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotgani, jumladan, shu maqsadda viloyatda ham soʻnggi uch yilda 9 ta sport majmuasi, mahallalarda 167 ta Workout, 27 ta stritbol, 17 ta badminton, 21 ta mini-futbol maydonchalari foydalanishga topshirilgani, aholining salomatligini mustahkamlash uchun 78,84 km. uzunlikda salomatlik yoʻlaklari va 54,46 km. uzunlikdagi veloyoʻlaklar, 20 dan ortiq fitnes zallari barpo etilib, foydalanish uchun yoshlar ixtiyoriga topshirilganini qayd etdi.
Shuningdek, bu boradagi ishlarni har bir tuman va shaharlar kesimida faol davom ettirgan holda “Salomatlik yoʻlaklari”, velosiped yoʻlaklari va sport maydonchalari qurishni davom etirish hamda taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanadigan aholi sonini keyingi besh yilda 33 foizga yetkazishni eng asosiy maqsad qilib olish zarurligini alohida taʼkidlab oʻtdi.
Ochilish marosimi yakunida Sirdaryo viloyati hokimi boshchiligidagi mahalla jamoasi hamda viloyat Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi jamoasi oʻrtasida mini-futbol boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvi tashkil etildi. Quvnoq kayfiyatda va samimiy ruhda kechgan oʻrtoqlik oʻyinida doʻstlik gʻalaba qozondi.
Shundan soʻng viloyat boʻylab koʻchabay musobaqalar boshlab yuborildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring