Sirdaryo sohillarida ekoturizm manzillari koʻpaymoqda
Sirdaryo daryosining Sirdaryo, Sayxunobod va Guliston tumanlari hududlaridan oʻtgan qismining uzunligi 140 kilometrni tashkil qiladi. Soʻnggi yillarda daryoning ayni sohillarida ekoturizm manzillari koʻpaymoqda.
Xususan, Sirdaryo tumanining Kamolot, Guliston tumanining Ahillik va Sohilobod, Sayxunobod tumanining Oʻrikzor mahallalarida ekoturizm loyihalarining birinchi bosqich ishlari amalga oshirildi.

— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-martdagi “Sirdaryo viloyatida ishbilarmonlik muhiti, infratuzilma va aholi turmush darajasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” qarori ijrosi doirasida Sirdaryo daryosi boʻylarida turizmni rivojlantirishga boʻlgan eʼtibor ham yanada kuchaydi, — deydi Sirdaryo viloyati turizm boshqarmasi bosh mutaxassisi Oʻtkir Umurzakov. — Jumladan, Sirdaryo sohillarida yangi-yangi ekoturizm manzillari paydo boʻlmoqda. Ushbu maskanlarda barcha sharoitlar yaratilgan. Xususan, daryoning Guliston tumanidan oqib oʻtgan qismida tashkil etilgan ana shunday maskanda sayohatchilar kapsula uylarga joylashib, daryo boʻyida bir necha kun dam olishlari va qayiqlarda sayr qilishlari mumkin. Shu tumandagi Sohilobod mahallasi negizida esa viloyatda birinchi “Turizm qishlogʻi” tashkil etish belgilangan.
Eʼtiborlisi, joriy yilda Sirdaryo viloyatiga keladigan xorijiy sayyohlar sonini 100 ming nafarga yetkazish va “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” dasturi doirasida 530 ming ichki sayyohlarning safarlarini amalga oshirish moʻljallangan. Shuningdek, jami 10 ta mehmonxona, mehmon uylari, xostellar va boshqa joylashtirish maskanlari faoliyati ham yoʻlga qoʻyiladi.
Ahmadali SHERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring