Shvetsiya Riksdagi “Shimoliy Yevropa—Oʻzbekiston” parlamentlararo hamkorlik guruhi raisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Joriy yil 18-noyabr kuni Istanbul shahrida YEXHT Parlament assambleyasi yillik yigʻilishi doirasida Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Odiljon Mamatkarimov Shvetsiya Riksdagi “Shimoliy Yevropa–Oʻzbekiston” parlamentlararo hamkorlik guruhi raisi Byorn Syoder bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda Oʻzbekistonning Shvetsiya bilan parlamentlararo aloqalari, qonunchilik, savdo-iqtisodiy, turizm, IT, taʼlim va madaniyat sohalarida hamkorligini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, soʻnggi yillarda ikki mamlakat oʻrtasida parlamentlararo hamkorlik faollashib borayotganligi, jumladan, Oliy Majlis palatalari vakillarining Shvetsiyaga tashriflari muntazam tashkil etilayotganligi, 2025-yilda Shvetsiya parlamenti Spikeri oʻrinbosari Yuliy Kronlidning Oʻzbekistonga tashrifi samarali oʻtkazilgani alohida taʼkidlandi.
Uchrashuv yakunida ikki davlat parlamentlari qoʻmitalari oʻrtasida Barqaror rivojlanish maqsadlarini taʼminlash, gender, ijtimoiy himoya sohalarida, xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, shartnomalar bazasini kengaytirish, oliy taʼlim muassasalari va hududlararo hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring