Shri-Lankada qiyin ahvolda qolgan Oʻzbekiston fuqarosi Vatanga qaytarildi
Foto: “Dunyo”
Shri-Lankada huquqbuzarlik sodir etib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan Oʻzbekiston fuqarosi ortga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Diplomatik vakolatxona maʼlumotiga koʻra, Shri-Lankadagi vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan Oʻzbekiston fuqarosi M.R. yordam soʻrab murojaat yoʻllagan.
Elchixona diplomatlari mazkur murojaatni nazoratga olib, Shri-Lanka Migratsiya boshqarmasi mutasaddilari bilan hamyurtimiz sodir etgan huquqbuzarlik yuzasidan muloqot olib borgan.
Aniqlanishicha, vatandoshimiz Shri-Lankaga turistik viza asosida borgan va kafelardan birida ishlayotgan vaqtida ushlangan. Shri-Lanka qonunchiligiga muvofiq, turistik viza asosida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish taqiqlangani sababli u vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.
Shri-Lanka Migratsiya boshqarmasi mutasaddilari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida vatandoshimizning Oʻzbekistonga qaytishi boʻyicha kelishuvga erishilgan.
Hamyurtimiz “SriLankan” Airlines samolyoti orqali “Kolombo – Kuala-Lumpur – Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekistonga qaytarilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring