Shohjahon Ergashevning navbatdagi raqibi va jang sanasi aniq boʻldi
Oʻzbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashevning navbatdagi jang sanasi va raqibi maʼlum boʻldi. Bu haqda sportchi oʻzining Instagram sahifasida xabar berdi.
Unga koʻra, 32 yoshli charm qoʻlqop ustasi shu yilning 27-iyul kuni AQSHning Michigan shtati Detroyt shahrida amerikalik Xulian Smitga qarshi ringga koʻtariladi.
Maʼlumot uchun, Ergashev faoliyati davomida profboksda 25-marta ringga koʻtarilib, janglarining 24 tasida raqiblaridan ustun kelgan. Oʻzbekistonlik super yengil vazn toifasi (-63,5 kg) vakili soʻngi jangini joriy yilning mart oyida Xuan Xuertasga qarshi oʻtkazib, 1-raunddayooq nokaut orqali gʻalabaga erishgandi.
Uning boʻlajak raqibi Smit esa, prof ringda 10 ta jang oʻtkazib, ularning 8 tasida gʻalaba qozongan (5 KO). Shuningdek, uning hisobida 2 ta magʻlubiyat ham bor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring