Shofirkonlik kitobxonlarning orzusi ushaldi
Shofirkon tumanidagi axborot-kutubxona markazi ismi jismiga monand shinam binoga ega boʻldi.
Bunday deyishimizning boisi bor. Kitobga, oʻqib-oʻrganishga chanqoq yoshlar intiladigan bu maskan keyingi yillarda qarovsiz ahvolga tushib qolgandi. Bu oʻrinda kitob fondining kamligi, shart- sharoitning yoʻqligi, kutubxonaning u manzildan bunisiga bir necha bor koʻchirilganini aytsak kifoya.
Nihoyat, ahvol oʻzgardi. Mutasaddilar saʼy-harakati bilan markazda keng qamrovli qurilish-bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. 1,5 milliard soʻm mablagʻ sarflanib, kutubxona koʻrsa havas qilgulik qiyofaga keltirildi. Kitob fondini ham boyitish tadbirlari koʻrilmoqda. Chunonchi, joriy yil yakuniga qadar markazga 80 million soʻmlik badiiy adabiyotlar ajratiladi.
Istam IBROHIMOV,
(“Xalq soʻzi”)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring