Shirinda bepul jarrohlik amaliyotlari
Shirin shahar tibbiyot birlashmasida ehtiyojmand oilalardagi bemorlar uchun jarrohlik amaliyotlari Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi koʻmagida bepul amalga oshirilmoqda.Ushbu muolajalarni yosh shifokorlar — xirurglar Sarvar Norjigitov, Abdulaziz Mustafoqulov, Anvar Hotamov va anesteziolog Akmal Axunov bajarayotir. Ularning bari Shirin shahrida tugʻilib, voyaga yetgan mahalliy mutaxassislar hisoblanadi.
— Xayrli ish qilayotgan shifokor yigitlarning ota-onalariga rahmat, — deydi mehnat faxriysi Akbar Roziqov. — Shu ezgu harakat tufayli men oʻn yillik dardimga shifo topdim.
Binobarin, shirinlik xirurglar tomonidan hozirgachaqilingan jarrohlik amaliyotlari 68 ta boʻldi, yaʼni shuncha kishi xarajatsiz davolandi. Eʼtiborlisi, jarrohlik amaliyotlaridan faqat Shirin shahri emas, boshqa tuman va shaharlardan murojaat qilgan ehtiyojmand bemorlar ham shifo topmoqda.
Ahmadali ShERNAZAROV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring