Shimoliy Koreya yangi raketani sinovdan oʻtkazdi
Shimoliy Koreya uglerod tolalari bilan mustahkamlangan kompozit materialdan foydalangan holda yuqori quvvatli qattiq yoqilgʻida ishlaydigan raketa dvigatelining yer sinovidan oʻtkazdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar tarqatdi.
Manbaga koʻra, sinovni Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In ham kuzatgan. Bu dvigatelning toʻqqizinchi va oxirgi sinovi. Qayd etilishicha, ushbu ishlanma mudofaa sektorini modernizatsiya qilish uchun strategik ahamiyatga ega hamda mamlakatning strategik yadroviy qurolli kuchlarini kengaytirish va mustahkamlashda katta oʻzgarishlarga turtki beradi.
Avvalroq Shimoliy Koreya olimlari “Xvason” qitʼalararo ballistik raketasi uchun yangi dvigatel ishlab chiqqani haqida xabar berilgandi. Uglerod tolalari bilan mustahkamlangan kompozit materiallarga ega eng yangi qattiq yonilgʻi dvigatelining maksimal quvvati 1960 kilonyutonni tashkil etishi aniqlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring