Shifokor topish endi tez va oson

12:38 20 Noyabr 2020 Jamiyat
703 0

Kardiolog maslahati kerak boʻlib qolganda, Toshkentdagi eng yaxshi klinikalar va shifoxonalarning manzillarini qayerdan topish sizni oʻylantirmoqdami? Oʻzbekiston aholisi uchun tibbiyot muassasalarini qidirishni yengillashtirish uchun bir yil oldin internetda foydali veb-xizmat — Kliniki24.uz sayti paydo boʻldi. Bu — Toshkentdagi kasalxonalar, klinikalar, tibbiyot markazlari va tibbiyot mutaxassislarini qidirish uchun maxsus onlayn portal. Maʼlumotnomada siz nafaqat shahardagi barcha klinikalar, tibbiyot markazlari va shifoxonalar roʻyxatini, balki, tibbiy muassasalarning batafsil katalogi: aloqa maʼlumotlari, klinikaning oʻzi haqidagi fotosuratlar va tavsiflari, shifokorlarning malakasi, bemorlarning mulohazalari va tibbiy xizmatlarning narxlari koʻrsatib oʻtilgan. Bundan tashqari, saytdagi maʼlumotlar doimiy ravishda yangilanib turadi. Kliniki24.uz saytida bemorlarning arzon sharoitlarda davolanishlari uchun tibbiy markazlarda oʻtkazilayotgan aksiyalar toʻgʻrisida yangiliklarni ham topishingiz mumkin. Natijada siz oʻzingizga mos tibbiy muassasani onlayn holatda tez vaq oraligʻida tanlashingiz va mutaxassis qabuliga yozila olasiz.

Shifoxonaga murojaat qilishdan oldin Kliniki24.uz portalidagi maʼlumotlarni tekshirib koʻring va taqqoslang, chunki ushbu sayt orqali siz:

— Yoʻl chizmalarini oʻrganib chiqib, uyingizga eng yaqin klinikani tanlashingiz mumkin;

— Shifoxonaga murojaat qilishdan avval muassasa hujjatlarni va u toʻgʻrisida sharhlarni tekshirib olishingiz mumkin;

— Biz taqdim etgan maʼlumotlarni oʻrganib chiqib, bir nechta ixtisoslashgan klinikalar va ixtisoslashgan shifokorlar orasidan oʻzingiz uchun eng maqbulini tanlashingiz mumkin, chunki biz bir nechta variantlarni taklif qilamiz;

— Siz uydan chiqmasdan turib shifokorlarning malakasini, narxini, xizmat koʻrsatish darajasini tekshirishingiz va qabulga onlayn holatda yozilishingiz mumkin.

Zamonaviy sharoitlarda hayotning har bir daqiqasi muhim ahamiyatga ega. Yaxshi vrach qabulini kutib, uzoq navbatda turmasdan vaqtingizni tejashingiz mumkin. Pediatr, stomatolog, ginekolog yoki kardiolog kabi ishonchli mutaxassisni tanlash oson, siz oʻzingizning soʻrovlaringiz boʻyicha shifokor profillarini topib, barcha maʼlumotlarni tekshirishingiz va kerakli mutaxassisni tanlashingiz mumkin.

Davolovchi shifokorni tanlashga jiddiy yondashish zarur, buning uchun asosiy omillarni oʻrganish kerak:

- Taʼlimi va mutaxassisligi;

- Ish tajribasi;

- Koʻrsatiladigan xizmatlarning narxi;

- Tibbiy amaliyot sharhlari;

Malakali shifokorni tanlashdan tashqari, davolash markazining zamonaviy tibbiy uskunalariga va jihozlariga ham ahamiyat qaratish ham zarur. Shuning uchun tanlangan tibbiy muassasaga ilgari tashrif buyurgan bemorlarning mulohazalari bilan tanishish kerak. Har qanday klinikaning xizmat koʻrsatish darajasini reytingni oʻrganib oldindan aniqlashingiz mumkin. Tibbiy muassasalarning reytingi bir necha omillardan iborat:

- Shifokorlarning kasbiy mahorat darajasi;

- Bemorning muammosiga jonkuyarli munosabatda boʻlish;

- Diagnostika va laboratoriya tekshiruvlari uchun yuqori sifatli tibbiy uskunalar;

- Qulay tibbiy mebel;

- Qabulga yozilish uchun noqulayliklarga uchramaslik;

Katalogda turli xil profilli shifokorlardan tashqari, davlat poliklinikalari, shifoxonalar, xususiy klinikalar, reabilitatsiya markazlari, tibbiyot markazlari, diagnostika markazlari va UZI kabinetlari ham koʻrsatib oʻtilgan. Shuningdek, katalogda bugungi kunda Oʻzbekistondagi barcha viruslarni tekshiradigan markazlarning roʻyxati toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud. Ularning ishlarida koʻp farqlar mavjud, masalan, barcha tibbiyot markazlarida ham allergolog, diyetolog, mammolog yoki immunolog kabi tor profilli mutaxassislar mavjud emas. Bundan tashqari, klinikalarning narxlaridagi oraligʻi ancha keng. Ammo har qanday holatda ham, tibbiyot muassasalarining xilma-xilligi orasida siz oʻzingiz uchun mos variantni topasiz, chunki Kliniki24.uz veb-saytida shahrimizning barcha turdagi shifoxonalari qulay holatda ajratilib koʻrsatib oʻtilgan.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?