ShHT bosh kotibi Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Janobi Oliylari!
Tugʻilgan kuningiz bilan chin dildan tabriklayman!
Bugun Sizning oqilona va uzoqni koʻra biladigan rahbarligingizda Oʻzbekiston Respublikasi barqaror modernizatsiya yoʻlidan dadil va jadal ilgari bormoqda. Sizning yuksak siyosiy obroʻyingiz, strategik pragmatizmingiz va xalqingizning ertangi kunga boʻlgan qatʼiy ishonchi qardosh oʻzbek xalqining farovonligini yuksaltirish yoʻlida keng koʻlamli ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ishonchli asos boʻlib xizmat qilmoqda.
Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston tomoni SHHT faoliyatida eng faol ishtirok etib, umumiy qoʻllab-quvvatlanayotgan va Tashkilotimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashga xizmat qilayotgan oʻta muhim bunyodkorlik tashabbuslarini ilgari surmoqda.
Xususan, yaqinda boʻlib oʻtgan SHHTga aʼzo davlatlar madaniyat vazirlarining yigʻilishida Sizning shaxsiy tashabbusingiz bilan ishlab chiqilgan va qabul qilingan hujjat — “ShHT doirasida 2025-yilga moʻljallangan madaniy almashinuv tadbirlari roʻyxati” bir ovozdan maʼqullanganini maʼlum qilmoqchiman.
Ushbu qarorning qabul qilinishi aʼzo davlatlarning “SHHT hamjamiyati” mamlakatlarining boy madaniy-gumanitar salohiyatini har tomonlama roʻyobga chiqarishga boʻlgan umumiy intilishini tasdiqlovchi muhim qadam boʻldi.
Fursatdan foydalanib, Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, SHHT Kotibiyati faoliyatiga doimiy eʼtibor qaratayotganingiz va qoʻllab-quvvatlayotganingiz uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.
Janobi Oliylari, Sizga mustahkam sogʻlik, farovonlik va masʼuliyatli davlatchilik faoliyatingizda yangi muvaffaqiyatlar tilab, eng samimiy istaklarimni qabul qilgaysiz.
Katta hurmat va samimiy tilaklar bilan,
Nurlan Yermekbayev,
Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring